• question_answerinfo@poytaxtbank.uz
  • perm_phone_msg+998(71)214 20 00
  • 100063, Toshkent sh. Chilonzor t. Islom Karimov k. 55 uy

Biz haqimizda

          “POYTАXT BАNK” aktsiyadorlik jamiyati Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi PQ-2824 sonli “Toshkent shahrida 2017-2021 yillarda keng qamrovli qulay koʼp kvartirali uy-joylarni qurishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida tashkil etilishiga zamin yaratilgan.
           Bank oʼz faoliyatini uning yagona muassisi boʼlgan Toshkent shahar hokimining 2018 yil 13 oktyabrdagi 1481-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Bankning asosiy vazifalari :
         - Toshkent shahrida koʼp kvartirali uylarni qurish yoʼnalishida tegishli infratuzilmani rivojlantirish boʼyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʼlarini jalb etish;
         - arzon koʼp kvartirali uylarni quruvchi pudrat tashkilotlariga kredit resurslarini taqdim etish;
         - arzon koʼp kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish borasida buyurtmachi vazifasini bajarish;
         - aholi va yuridik shaxslarning uy-joyga boʼlgan talablarini qondirish borasida ularga ipoteka krediti berish va bank xizmatini koʼrsatish;
         - Toshkent shahrida koʼp kvartirali uylarni qurish va taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini kreditlash va lizing xizmatlari koʼrsatish;
         - xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, zaymlar hamda arzon koʼp kvartirali uylarni qurishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik koʼmagini jalb etish;
         - investitsiya faoliyatini, jumladan muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilashni nazarda tutuvchi ishlanmalar va loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish;
         - aholining uy-joy, kommunal xizmatlar, energiya taʼminoti tizimlari va boshqa mahalliy toʼlovlari boʼyicha innovatsion toʼlov tizimini joriy etish hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aholiga mobil bank xizmatlarini koʼrsatish;
         - zamonaviy, tejamli, energiya tejovchi va talab darajasi yuqori boʼlgan qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;
         - Toshkent shaharning eksport imkoniyatlarini faol yoritish, jumladan, xalqaro reklama-savdo axborot tarmoqlariga tizimli kirib borish orqali xorijiy banklar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik va savdo vakolatxonalari bilan faol hamkorlikni amalga oshirish;
        - qurilish mahsulotlari, eng avvalo zamonaviy innovatsion qurilish asbob-uskunalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish boʼyicha strategiyalar ishlab chiqishda bank mizojlariga koʼmaklashish;
        - universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini koʼrsatish.

Наш сайт работает в тестовом режиме