JISMONIY SHAXSLAR UCHUN KREDIT TA'TILI DAVOM ETADI
“Poytaxt bank” AJ Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, karantin davrida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bank kassalariga kelishi bilan bog‘liq xavfni kamaytirish hamda karantin oqibatida qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarini yumshatish maqsadida, bankning mijozlari bo‘lgan qarzdor jismoniy shaxslarning 2020 yil 31 mart sanasi xolatiga qoldig‘i 100 (yuz) million so‘mdan kam bo‘lgan barcha kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini Imtiyoz bergan xolda ariza va murojaat kabi hujjatlar talab qilmasdan 2020 yil 1 oktyabrga qadar avtomat tarzda uzaytiradi.
Ushbu imtiyoz bo‘yicha:
- sud va sud hujjati ijro jarayonida bo‘lgan kreditlar istisno etiladi;
- Jismoniy shaxslarning kreditlari 2020 yilning aprel, may, iyun, iyul, avgust va sentyabr oylari uchun to'lovlarni qarzdorning murojaatisiz kreditni oxirgi qaytarish sanasidan boshlab 6 oyga cho'ziladi;
- kelgusida karantin muddati tugagandan so‘ng shartnoma(lar)ga tegishli o‘zgartirish kiritgan xolda kredit(lar)ni qaytarishning so‘nggi muddati berilgan 6 oylik Imtiyozli davr muddatiga mos ravishda uzaytiriladi;
- qarzdor mavjud kredit qoldig‘i bo‘yicha hisoblangan barcha foizlarini kelgusida to‘lash majburiyatidan ozod etilmaydi;
- imtiyoz berilgan davr mobaynida o‘z vaqtida amalga oshirilmagan kredit qarzdorligi to‘lovlari uchun bank tomonidan penya hisoblanmaydi, jarima sanksiyalari qo‘llanilmaydi hamda undiruv kredit ta'minotiga qaratmaydi.
Банк почта манзили: 100063, Тошкент шахар, Чилонзор тумани, И.Каримов кўчаси, 55-уй,
Виртуал қабулхона: https://poytaxtbank.uz/uz/virtual-reception
Elektron pochta: operu1172@poytaxtbank.uz
Telegram manzil: @poytaxt_bank_bot