5e73e2229fd2a.jpg


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 20 may kuni e'lon qilingan "Poytaxtbank" AJ ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlarini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi.

Unga ko'ra, 2021 yil 5 iyulga qadar davlat ulushini sotib olish bo'yicha qiziqish bildirgan talabgorlardan "Poytaxt Bank" AJning ustav kapitalidagi davlat aktsiya paketlarini sotib olish uchun jami 3 ta takliflar kelib tushdi.

Barcha takliflar sotish uchun dastlabki malakaviy talablarga mos kelgan deb hisoblandi hamda keyingi bosqichga o'tkazildi.

Mazkur bosqichda talabgorlar bilan oshkor etmaslik to'g'risida (NDA) tegishli bitimlar imzolanadi va banklar to'g'risidagi qo'shimcha ma'lumotlar, jumladan axborot memorandumi, moliyaviy hisobotlar, yuridik va soliq jihatdan o'rganish hisobotlari talabgorlarga taqdim etiladi.

Ma'lumki, davlat ulushini sotish bo'yicha konsultant sifatida "Deloitte" kompaniyasi jalb qilingan.

Murojaatlar statistikasi

Bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida,
Sizning murojaatlaringizni bevosita «Poytaxt Bank» AJ Boshqaruvi raisi nomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda qabul qilishdan xursand bo‘lamiz.

Sizning har bir murojaatingiz biz uchun juda muhim!

Virtual qabulxona

Mobil Ilova

Mobil Ilova

Siz uchun yaratilgan qulay va ko‘p funksiyali mobil ilova.

Maxsus ilovamizda siz oʼz hisobingizni boshqarishingiz, depozit ochishingiz, xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirishingiz, onlayn kredit olishingiz hamda kred uchun toʼlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘lanish oson!

Yuklab olish