• question_answerinfo@poytaxtbank.uz
  • perm_phone_msg+998(71)214 20 00
  • 100063, Toshkent sh. Chilonzor t. Islom Karimov k. 55 uy

Omonatlar

Milliy valyutadagi "POYTAXT" muddatli omonatining shartlari

 

"POYTAXT" 13 oy va 25 oy Omonatga mablagʼlar naqd pulda hamda bank kartalaridagi mablagʼlardan naqdsiz shaklda qabul qilinadi. Boshqa hisobvaraqlardan qonunchilikda koʼzda tutilgan tartibda pul oʼtkazish yoʼli bilan ham qabul qilinadi
13 oy muddatga qoʼyilgan omonatlarga yillik 20 foiz toʼlanadi
25 oy muddatga qoʼyilgan omonatlarga yillik 21 foiz toʼlanadi
Foizlar hay oyda toʼlanadi
Foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi
Omonatga qoʼshimcha pul mablagʼlarini kiritish va qisman pul berish mumkin emas 
Foizlar va omonat omonat qoʼyilgan usulda, yaʼni naqd pulda kiritilgan boʼlsa – naqd pulda, bank kartasidan kiritilgan boʼlsa - bank kartasiga oʼtkazish, boshqa hisobvaraqlardan naqd pulsiz oʼtkazilgan boʼlsa, oʼsha hisobvaraqlarga naqd pulsiz oʼtkazish yoʼli bilan omonatchiga qaytariladi
Omonatning eng kam saqlash muddati 13 oy muddatga qoʼyilgan omonatlar uchun 6 oy, 25 oy muddatga qoʼyilgan omonatlar uchun 12 oy. Omonat ushbu muddatdan oldin olinsa, omonatga foiz toʼlanmaydi

 

Xorijiy valyutadagi "POYTAXT INVEST" muddatli omonatining shartlari

 

"POYTAXT INVEST" 13 oy 3% Omonatga mablagʼlar naqd xorijiy valyuta - АQSh dollarida kiritiladi
Omonatdan qisman pul berish amalga oshirilmaydi
Foizlar har oyda toʼlanadi
Foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi  
Foizlar va omonat naqd xorijiy valyutada qaytariladi
Omonatning eng kam saqlash muddati 6 oy. Omonat ushbu muddatdan oldin olinsa, omonatga foiz toʼlanmaydi, avval toʼlangan foizlar esa qayta hisob-kitob qilinib, omonat summasidan ushlab qolinadi
6 oydan keyin omonatchi oʼz omonatini muddatidan oldin olsa, unga haqiqatda bankda saqlangan kunlari uchun yillik 3 foiz hisobidan foiz toʼlanadi

 

Xorijiy valyutadagi "POYTAXT FINANS" muddatli omonatining shartlari

 

"POYTAXT FINANS"

25 oy 4% Omonatga mablagʼlar naqd xorijiy valyuta - АQSh dollarida kiritiladi
Omonatdan qisman pul berish amalga oshirilmaydi
Foizlar har oyda toʼlanadi
Foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi  
Foizlar va omonat naqd xorijiy valyutada qaytariladi
Omonatning eng kam saqlash muddati 12 oy. Omonat ushbu muddatdan oldin olinsa, omonatga foiz toʼlanmaydi, avval toʼlangan foizlar esa qayta hisob-kitob qilinib, omonat summasidan ushlab qolinadi
12 oydan keyin omonatchi oʼz omonatini muddatidan oldin olsa, unga haqiqatda bankda saqlangan kunlari uchun yillik 4 foiz hisobidan foiz toʼlanadi

Наш сайт работает в тестовом режиме