• question_answerinfo@poytaxtbank.uz
  • perm_phone_msg+998(71)214 20 00
  • 100063, Toshkent sh. Chilonzor t. Islom Karimov k. 55 uy

Valyuta operatsiyalari

«Poytaxt bank» jahon va ichki moliyaviy bozordagi rivojlanish tendentsiyalari oʼzgarishlariga oʼz vaqtida munosabat bildirish orqali Oʼzbekiston va chet eldagi bank korrespondentlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Dunyoning moliyaviy institutlari bilan munosabatlarini rivojlantirish ananaviy ravishda bank faoliyatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy muassasalar bilan hamkorligini rivojlantirishda asosiy eʼtibor investitsion loyihalarni oʼrta va uzoq muddatga moliyalashtirish sohasi, savdo operatsiyalarni qiska muddatga moliyalashtirish (savdoni moliyalashtirish), bank faoliyatidagi turli xil masalalar boʼyicha bilim va tajriba almashish, kasbiy taʼlim dasturlarida qatnashish va boshqalarga qaratiladi.

Xozirgi kunda bank Oʼzbekiston Banklari Аssotsiatsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi, S.W.I.F.T. va China Union Pay kabi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning aʼzosi hisoblanadi.
Bank uchun mijozning manfaatlari hamma narsadan ustun. Xozirgi vaqtda «Poytaxt bank» mijozlar uchun deyarli barcha turdagi xizmatlarni koʼrsata oluvchi universal bank hisoblanadi.

«Poytaxt bank» mijozlariga xizmat koʼrsatishda tajribali xodimlariga, hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda, eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish buyicha xizmat koʼrsatishda va xalkaro munosabatlar sohasida tajribaga ega.

Наш сайт работает в тестовом режиме