• question_answerinfo@poytaxtbank.uz
  • perm_phone_msg+998(71)214 20 00
  • 100063, Toshkent sh. Chilonzor t. Islom Karimov k. 55 uy

Bank xisobvaragini ochish va xizmat ko'rsatish

Bank tomonidan yuridik shaxslarga hisobvaraqlar Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi tomonidan 2009 yil 27 aprelda 1948-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan “Oʼzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʼgʼrisidagi Yoʼriqnoma” talablari asosida ochiladi. Bank mijozning talabiga koʼra quyidagi turdagi hisobvaraqlarni ochadi va xizmat koʼrsatadi:

          a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;

          b) jamgʼarma depozit hisobvaraqlari;

          v) muddatli depozit hisobvaraqlari;

          g) boshqa depozit hisobvaraqlari.

 

Milliy valyutada talab qilib olinguncha, jamgʼarma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish uchun zarur boʼladigan hujjatlar toʼplami

Tadbirkorlik faoliyati subʼektlari boʼlgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xoʼjaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

         a) hisobvaraq ochish toʼgʼrisida ariza;

         b) imzolar namunalari qoʼyilgan ikki dona varaqcha;

         v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʼrnini bosadigan hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi;

         g) ustav (nizom) va (yoki) taʼsis shartnomasi;

         d) davlat roʼyxatidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma;

         y) litsenziya nusxasi (litsenziyalanishi asosida tashkil etiladigan faoliyat uchun);

         j) yuridik shaxs nomidan ish koʼruvchi jismoniy shaxslarning (odatda direktor va bosh buxgalter) tayinlanishi toʼgʼrisida buyruq (qaror);

        z) yuridik shaxs taʼsischilari (yiridik aktsiyadorlari, ishtirokchilari) ustav (nizom) va (yoki) taʼsis shartnomasi, agar jismoniy shaxslar boʼlsa ularning pasport nusxalari.

 

Hisobvaraqlarini ochish uchun zarur boʼladigan hujjatlar toʼplamining g), d), y), j) va z) bandlari Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya Vazirligi tomonidan 2017 yil 23 mayda 2886-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat qoidalari” talablari asosida mijozni indentifikatsiya qilish uchun olinadi. Shuningdek mazkur qoidalar doirasida mijozdan qoʼshimcha hujjatlar soʼralishi mumkin.

Наш сайт работает в тестовом режиме