Xodimlarni dam olish kunlarini mazmunli o'tkazish va jamoaviy ruhni oshirish maqsadida "Humson Buloq" dam olish maskanida "Poytaxt Bank" xodimlari uchun "Team Building" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda 80 nafar bank xodimi ishtirok etib, turli mashg'ulotlar orqali bank jamoasi o'rtasida hamkorlik va o'zaro tushunish qobiliyatlarini  mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. 

Tadbir davomida intelektual o‘yinlar, ot minish, shuningdek, voleybol, futbol, basketbol, tennis va stol tennisi kabi turli sport musobaqalari tashkil qilindi. Bu faoliyatlar xodimlarning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida o‘z yo‘nalishida samarali faoliyat ko‘rsatgan xodimlar ham  e’tirof etildi. Bu tashabbus "Poytaxt Bank"ning korporativ madaniyatini mustahkamlash, xodimlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va ish samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.