"Poytaxt Bank" va "VisionLabs" hamkorlik memorandumi.
Kuni kecha “Poytaxt Bank” innovatsion texnologiyalar sohasida yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “VisionLabs” o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv “Poytaxt Bank” va “VisionLabs” o‘rtasida O‘zbekiston hududida sun’iy intellekt va yuz biometrikasi texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy bank xizmatlarini mijozlarga taqdim etish, shuningdek, bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
“Poytaxt Bank” hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda davom etmoqda va bu safar sun’iy intellektning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratmoqda. Bizning asosiy diqqat markazimizda - mijozlarni masofadan identifikatsiya qilish, shuningdek xavfsizlik va bizning xizmatlarimiz bilan oson hamkorlikni ta’minlashda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Ishonchimiz komilki, ushbu yechimlarni joriy etish mijozlarimizga yanada yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bankning zamonaviy ehtiyojlariga mos raqamli yechimlarni yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi.