Sizga shuni ma'lum qilamizki, 2024 yil 27 sentabrdagi Bank Boshqaruvining 72-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan xizmatlar bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangilangan tariflar 2024 yil 9-oktabrdan kuchga kiradi va bankning rasmiy veb-saytida hamda filiallarimizda tanishishingiz mumkin.

“Poytaxt bank” har doim bank xizmatlarining sifatini oshirish ustida ish olib boradi va sizga eng qulay hamda maqbul shartlarni taklif etishga harakat qiladi.


Qo’shimcha savollaringiz bo‘lsa, bizning mutaxassislarimiz sizga doim yordam berishga tayyor. Ishonchingiz uchun tashakkur!