Men "Poytaxt Bank" AJga (Bank) arizada koʻrsatilgan barcha ma’lumotlarimni har qanday usulda, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlash, shu jumladan koʻpaytirish, elektron nusxa olish, shaxssizlashtirish, bloklash, yoʻq qilish, shuningdek ularni qayta ishlash natijasida olingan boshqa ma’lumotlarimni quyidagi maqsadlar uchun yuqoridagidek qayta ishlashga rozilik beraman:
Men bank kontragentlariga bank va/yoki kontragentlarning ixtiyorida/foydalanish imkoniyatida boʻlgan barcha ma’lumotlarimni, shu jumladan abonentlar va ular koʻrsatadigan aloqa xizmatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (agar bankning kontragenti aloqa operatori boʻlsa) kelajakda mikrokreditlar, kreditlar berish, kartalarni ochish va boshqalar haqida qaror qabul qilish uchun toʻlov qobiliyatim ehtimolini baholashni amalga oshirish maqsadida qayta ishlashga rozilik beraman.
Bank tomonidan men haqimda mavjud boʻlgan barcha ma’lumotlarni meni identifikatsiya qilish va toʻlov qobiliyatimni tegishincha baholash, tavakkalchiliklarni baholash uchun zarur boʻlgan hajmda, tartibda va shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Kredit axboroti davlat reyestriga, Kredit byurolari davlat reyestriga kiritilgan barcha kredit byurolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Garov reyestri" DUKga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, boshqa davlat va nodavlat idoralari va tashkilotlariga, shuningdek kredit tarixini olish uchun, yuqorida koʻrsatilgan byuro va idoralardan shartnoma(lar)ni tuzish uchun va shartnoma(lar)ning amal qilish muddati davomida garovga qoʻyilgan mol-mulk va yuklamalar, qarzlar, band solishlar va boshqa ma’lumotlar mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishiga oʻz roziligimni bildiraman.
Ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Bankning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qoʻshimcha ma’lumotlar (hujjatlar) taqdim etilishi kerak boʻlsa, Bank arizani koʻrib chiqishni toʻxtatib turishga haqlidir.
Bank arizada toʻliq boʻlmagan yoki ishonchsiz (yolgʻon) ma’lumotlar koʻrsatilgan taqdirda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etishga haqlidir.
Karta ochish qiymati «» -
Sayt audio qo‘llab-quvvatlash bor. Matn eshitish uchun, sichqoncha bilan tanlash mumkin, keyin tugmasini bosing.