“Poytaxt bank” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” hamkorligida joriy yilning 5-iyunida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonuni mazmun mohiyati boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul hodimi hamda “Poytaxt bank” Komplaens nazorat boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun mohiyati va Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishga oid milliy qonunchilik asoslari va amaliyoti mavzularida bank xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Hurmatli mijozlar “Poytaxt bank” va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va ularga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida doimiy tarzda “Ishonch telefoni” ishlab kelmoqda. Agar Siz korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz mazkur telefon raqamiga +99871 2142000 (20-40) murojaat qilishingiz mumkin.