“PKF MAK ALYANS” auditorlik tashkiloti tomonidan “Poytaxt bank” sanksiyaviy komplaens tizimining faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqligi bo’yicha auditdan o’tkazildi va ijobiy hulosalar berildi.

Bugungi kunda “Poytaxt bank” tomonidan sanksiyaviy komplaens tizimi boʻyicha iqtisodiy sanksiyalar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish, jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bloklantiruvchi sanksiyalar qoʻllanilganligi munosabati bilan iqtisodiy sanksiyalar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni minimallashtirish, tegishli choralarni koʻrish hamda sanksiyaviy roʻyxatga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikni davom ettirilishida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oldini olish boʻyicha bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.