21-aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni poytaxt 5,5 mingdan ortiq yugurish sporti havaskorlarini qabul qiladi.

Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi hamda 3 va 10 km masofalari kiritilgan.

Marafon umumiy sovrin jamg‘armasi – 720 million so‘m. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi — marafon masofasi uchun 15 million so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 million so‘m.

Ushbu marafonda “Poytaxt bank” jamoasi ham ishtirok etmoqda. Qatnashish uchun 5-aprelgacha Perfend.com platformasida ro‘yxatdan o‘ting.