
Ko‘pchilik daromad va xarajatlarini yozishga odatlanmagan. Kimdir eringani uchun yozmaydi, yana kimdir befoyda ish deb o‘ylaydi.
Lekin bu xato! Daromad va xarajatlarni albatta yozish kerak. Bu bizga nimalar beradi:
• Bir oylik hayotimiz bizga qanchaga tushayotganini bilib olamiz;
• Daromad va xarajatlarimiz balansini aniqlash imkoni bo‘ladi;
• Ko‘zga ko‘rinmagan keraksiz xarajatlarni aniqlay olamiz;
• Shaxsiy moliyamizni reja qila olamiz;
• Ayni xarajatlarimizdan bir necha yillardan keyin bizni pul bilan bog‘liq qanday xatarlar kutayotganini anglash imkoni bo‘ladi...
Buning uchun Pinkod nashri tavsiya qilgan quyidagi 3 ta ilovadan birini yuklab olib, pullaringiz harakatini yozib borishingiz mumkin:
1. Monefy
2. Money Manager
3. CoinKeeper










