Biznes egalari uchun SMS-banking – bu moliyaviy operatsiyalaringizni real vaqt rejimida boshqarishga imkon beradigan zamonaviy yechim. Ushbu xizmat yordamida siz har doim mablagʻlar, tushumlar va xarajatlar harakati toʻgʻrisida xabardor boʻlib turasiz, bu sizga oʻzgarishlarga tezkor javob berish va qaror qabul qilish imkonini beradi.
SMS-bankingning afzalliklari yaqqol koʻrinib turadi. U hisob-kitoblar va operatsiyalar holati toʻgʻrisida tezkor ma’lumotlarni taqdim etadi, bu esa moliyaviy boshqaruvni ancha osonlashtiradi, ayniqsa kunlik operatsiyalar koʻp boʻlsa bu yaqqol seziladi. Xizmat xavfsizlik darajasini ham oshiradi: tezkor bildirishnomalar shubhali faoliyatni oʻz vaqtida sezish va zudlik bilan choralar koʻrish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, samaradorlik va nazoratni qadrlaydigan kompaniyalar uchun juda muhimdir.
Xizmatni ulash juda oson: operatoringizga ariza qoldirish va bildirishnomalar keladigan telefon raqamlarini koʻrsatish kifoya. Xizmatga qisqa muddatlarda ulashadi.
Xizmatni ulashda mavjud maʻlumotlar:
- Hisobvaraqdagi qoldiq
- Hisobvaraq boʻyicha oxirgi kiruvchi mablagʻlar
- Hisobvaraq boʻyicha oxirgi chiquvchi mablagʻlar