«POYTAXT BANK» AJ (keyingi o‘rinlarda Poytaxt Bank deb ataladi) o‘z mijozlari va sayt foydalanuvchilari (keyingi o‘rinlarda Foydalanuvchi deb ataladi) uchun xizmatlar paketi yoki alohida xizmat sifatida Poytaxt Bank’ka tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni Butunjahon Internet tarmog‘idagi sayt (-lar)da (keyingi o‘rinlarda sayt deb ataladi) joylashtiradi.
- FOYDALANISh ShARTLARI VA QOIDALARI
- AXBOROT XAVFSIZLIGI
- INTELLEKTUAL MULQ HAQIDA MA'LUMOT
- JAVOBGARLIK VA KAFOLATNI ChEKLASh
- MARKETING
- BOShQA INTERNET-SAYTGA HAVOLALAR
- QAYTA ALOQA
- ShART VA QOIDALARNI BUZISh
Poytaxt Bank foydalanuvchilar tomonidan quyida keltirilgan saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Foydalauvchi saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga o‘z roziligini saytga va undan keyin istalgan sahifaga kirish paytidan boshlab bildirgan hisoblanadi. Poytaxt Bank istalgan vaqtda foydalanish Shartlari va qoidalarini yangi nashrini chop etish orqali ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Barcha Foydalanuvchilar uchun barcha o‘zgarishlar majburiy hisoblanadi. Quyida keltirilgan saytdan foydalanish Shartlari va qoidalari Poytaxt Bank’ning intellektual, egalik va boshqa mulklarini himoya qilishga qaratilgan.
Foydalanuvchi saytdan foydalanish Shartlari va Qoidalariga asosan saytda bo‘lgan va undan foydalangan vaqti mobaynida olgan va/yoki foydalangan ma'lumotlarining xavfsizligini ta'minlovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Barcha tovar belgilariga va Poytaxt Bank va u bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning intellektual mulklariga bo‘lgan huquq, mos ravishda, o‘z egalarida qoladi. Saytdan foydalanish Shartlari va qoidalariga binoan hech bir narsa Foydalanuvchiga Intellektual Mulkning biror turiga bo‘lgan huquqni topshirish yoki o‘tkazish istagi sifatida izohlanmasligi kerak. Foydalanuvchi saytda taqdim etilgan barcha intellektual mulk va uning elementlaridan faqat tanishish uchun foydalanishi mumkin. Barcha huquqlar himoyalangan.
Foydalanuvchi saytning istalgan sahifasida joylashgan, Poytaxt Bank tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki unga tegishli bo‘lgan har qanday ma'lumotni faqat shaxsiy foydalanish yoki ko‘rib chiqish maqsadida nusxalash, o‘tkazish yoki namoyish etish huquqiga ega bo‘lib, bunday holda, olingan nusxada saytda ko‘rsatilgan asl nusxa bilan bir xil bo‘lgan mualliflik huquqi, tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi mavjud bo‘lishi shart. Saytdagi ma'lumotlarni va materiallarni nusxalash, o‘tkazish, namoyish etish, tarqatish, yuklash, lisenziyalash, o‘zgartirish, chop etish, joylashtirish, qayta ishlash, foydalanish, sotish, qayta shakllantirish yoki boshqa yo‘llar bilan tijorat yoki ommaviy maqsadlarda foydalanish Poytaxt Bank’ning yozma roziligisiz mumkin emas.
Sayt va uning istalgan sahifasida shartlariga rioya qilinishi kerak bo‘lgan boshqa egalik va mualliflik huquqlari to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud bo‘lishi mumkin. Saytdagi ba'zi rasm va ma'lumotlar uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi yoki tovar belgisi bo‘lishi mumkin, va ulardan har qanday foydalanish uchinchi shaxslarning shartlari va qoidalari bilan boshqariladi.
SAYTDAGI MA'LUMOTLAR “QANDAY BO‘LSA, ShUNDAY” TAQDIM ETILADI VA HECh QANDAY, OShKORA YoKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLAR, ShU JUMLADAN, TIJORIY AHAMIYaTGA EGA, MA'LUM MAQSADLAR UChUN YaROQLI VA FOYDALANUVChILARNING HUQUQLARINI BUZMAGAN KAFOLATLARNI O‘Z IChIGA OLIB, ULAR BILAN ChEKLANMAGAN HOLDA, TANIShTIRUVChI HISOBLANADI.
Saytda joylashtirilgan ma'lumotlarda texnik noaniqliklar yoki tipografik xatolar bo‘lishi mumkin. Poytaxt Bank vaqti-vaqti bilan, oldindan ogohlantirmasdan, saytdagi ma'lumotlarga o‘zgartirishlar kiritadi, shu jumladan, saytda taqdim etilgan mahsulotlar va xizmatlar haqida ma'lumotlarni qo‘shadi, o‘chiradi, yangilaydi yoki o‘zgartiradi. Poytaxt Bank saytda mavjud bo‘lgan xatolar yoki ma'lumotlardagi kamchiliklar va saytda joylashgan ma'lumotlarni yangilash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Foydalanuvchi saytga kirishi bilanoq, saytning bannerli konstruksiyasi va boshqa shunga o‘xshash marketing vositalarida reklama ma'lumotlarini olishga rozi bo‘ladi. Taklif etilayotgan mahsulotlar faqat Poytaxt Bank’ning istagiga binoan va Poytaxt Bank’i bilan bog‘liq kompaniyalar tomonidan shartnoma yoki boshqa shartlar asosida taqdim etilishi mumkin. Poytaxt Bank uchinchi shaxs kompaniyalarining saytlari yoki reklama vositalarida ko‘rsatilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar uchun javobgar emas.
Ushbu bandda sanab o‘tilgan veb-saytlar Poytaxt Bank nazorati ostida emas, aksincha, faqat uchinchi shaxslar tomonidan boshqariladi. Shunga muvofiq, Poytaxt Bank bunday veb-saytlarga nisbatan hech qanday arz qilmaydi. Agar Poytaxt Bank uchinchi tomon saytiga havola taqdim etsa, bunday havola yuqorida ko‘rsatilgan veb-sayt, uning egalari yoki yetkazib beruvchilariga nisbatan Poytaxt Bank’ning ruxsati, roziligi, homiyligi yoki mansubliligini anglatmaydi. Poytaxt Bank ushbu havolalarni faqat ma'lumot olish va foydalanuvchilarning qulayligi uchun taqdim etadi. Poytaxt Bank bunday veb-saytlarda topilgan ma'lumotlarni, mahsulotlarni yoki dasturiy ta'minotlarni tekshirmaydi va nazorat qilmaydi, shuning uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Poytaxt Bank’i biror bir havolali veb-saytdan foydalangani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositali, maxsus yoki boshqa zarar yetkazgani, shu jumladan, ma'lumotlaringizni qayta ishlash tizimada har qanday ma'lumot, dastur yoki boshqa axborotlarni yo‘qolganligi yoki boshqa sabablar uchun, hatto bunday zarar yetkazilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq ogohlantirilgan bo‘lsa ham, boshqa tomonlar oldida javobgar bo‘lmaydi.
Ushbu Shart va qoidalar ommaviy oferta bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Foydalanuvchilarning cheksiz doirasiga qaratilgan. Poytaxt Bank’iga yuborilgan har qanday sharhlar, arizalar, savollar, takliflar yoki shunga o‘xshash ma'lumotlar (birgalikda “qayta aloqa” deb nomlanuvchi) Poytaxt Bank’ining mulki hisoblanadi. Poytaxt Bank’i ma'lumotlarning maxfiyligi to‘g‘risidagi bildirishnoma asosida qayta aloqadan foydalanadi va uning xavfsizligini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kafolatlaydi. Poytaxt Banki qayta aloqaga nisbatan hech qanday qo‘shimcha majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan holda, qayta aloqa manbalarini cheklovlarsiz boshqa shaxslarga ko‘rsatishi, qayta ishlashi, foydalanishi, ochishi, namoyish etishi, o‘zgartirishi va tarqatishi mumkin. Bundan tashqari, Poytaxt Bank’i qayta aloqa tarkibidagi har qanday g‘oya, fikr, nou-xau yoki usullardan istalgan maqsadda, shu jumladan, bunday qayta aloqani o‘z ichiga olgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishi va marketingi bilan cheklanmagan holda, foydalanishi mumkin.
Bank veb-saytida Poytaxt Bank’iga elektron ko‘rinishda o‘z savollarini yuborgan foydalanuvchi quyidagilarni qabul qiladi va tasdiqlaydi:
- Qayta aloqada ko‘rsatilgan barcha shaxsiy ma'lumotlar haqiqiy va ishonchli bo‘lib, Foydalanuvchiga tegishli.
- Foydalanuvchi erkin, ixtiyoriy ravishda va o‘z qiziqishlariga asosan o‘z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini bildiradi.
- Foydalanuvchi Bank xizmatlaridan foydalanish uchun Bank tomonidan uchinchi shaxslarga, ular bilan maxfiylik va oshkor etmaslik shartlarini o‘z ichiga olgan kelishuvlarga asosan, o‘z shaxsiy ma'lumotlari berilishi mumkinligiga roziligini bildiradi.
- Fikr-mulohazalarni qoldirish va so‘ralgan (zarur) hujjatlarni biriktirish, Foydalanuvchining Bank xizmatlaridan foydalanishni istashini anglatadi, ammo Poytaxt Bank tomonidan ko‘rstatiladigan xizmatlarni kafolatlamaydi.
- Foydalunvchi alohida sabablarga asosan rad javobini olgan taqdirda, Poytaxt Bank’iga hech qanday shikoyat qilmaslikka so‘zsiz rozi bo‘ladi.
- Foydalanuvchi o‘zini voyaga yetgan, layoqatli shaxs ekanligini, Bankka ma'lumotlarni taqdim etish uchun qonuniy huquqga ega va, shuningdek, u taqdim etgan vaqtdagi ma'lumotlar to‘liq va ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
- Foydalanuvchi shaxsiy qonuniy maqsadlari va qiziqishlari yo‘lida o‘z xohish-irodasi bilan harakat qilishini tasdiqlaydi.
- Foydalanuvchi Poytaxt Bank saytida Qayta aloqani to‘ldirib va uni Poytaxt Bank’ka yuborib, ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumot xabarlarini Poytaxt Bank’idan har qanday usulda va har qanday aloqa kanallari orqali yoki Qayta aloqada ko‘rsatilgan murojaat uchun aloqa vositalariga muvofiq olishga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi.
- Poytaxt Banki Arizachining shaxsiy ma'lumotlari ruxsatsiz ishlatilishini oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Arizachi, Bankka taqdim etilgan ma'lumotlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘rsatilgan hollarda, davlat organlariga berilishi mumkinligiga so‘zsiz rozi bo‘ladi.
- Foydalanuvchi ushbu Bitimga nisbatan o‘z mulohazalarini yozma ravishdagi arizasi bilan Bank ofisiga murojaat qilish huquqiga ega.
- Agar Foydalanuvchi ushbu qoidalarga va uning shartlariga rozi bo‘lmasa va ularga rioya qilishni istamasa, uning Qayta aloqadagi fikr-mulohazalari ko‘rib chiqilmaydi, va Foydalanuvchi tomonidan biron bir shikoyatga asos bo‘lmaydi.
Foydalanuvchi Bank tomonidan nazorat ostida bo‘lmagan dasturiy ta'minot, serverlar, komp'yuter tarmoqlarida texnik nosozliklar yoki uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari tufayli Arizachining shaxsiy ma'lumotlari suiiste'mol qilinishi mumkinligi uchun Poytaxt Bank javobgar emasligi haqida xabardor qilinadi va bunga rozi bo‘ladi.
Poytaxt Bank’i, amaldagi shartlar buzilgan taqdirda, Internet tarmog‘ining muayyan manzilidan saytga kirishni bloklash huquqi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mavjud bo‘lgan barcha huquqni himoya qilish vositalariga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
FOYDALANUVChI SAYTDAN FOYDALANISh ShARTLARI VA QOIDALARINI BUZGAN TAQDIRDA YoKI SAYT TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN XIZMATLAR VA MA'LUMOTLARDAN FOYDALANISh ORQALI POYTAXT BANK’KA YeTKAZGAN HAR QANDAY ZARAR, DA'VO VA XARAJATLARNI QOPLAShGA ROZI BO‘LADI.