Размер:
AAA
Цвет: CC
Изображения: Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
Mening bankim
Jismoniy shaxslar uchun
Mobil ilova
Valyutalar kurslari
  • Ayirboshlash shoxobchasida
  • Ilovada
  • Bankomatda
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12800
12875
12860.09
EUR
13000
14000
13515.95
GBP
15000
18000
16409.47
JPY
60
100
84.31
CHF
13000
16000
14504.95
RUB
90
150
123.64
13.12.2024 11:30:00 dan ma’lumotlar
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12800
12875
12860.09
13.12.2024 11:30:00 dan ma’lumotlar
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12600
12875
12860.09
13.12.2024 11:30:00 dan ma’lumotlar
...

Savollar-Javoblar

Menyu

Kreditlar

Kreditlar

Kreditni qayta moliyalashtirish nimani anglatadi?

Kreditni qayta moliyalashtirish – bu mavjud kreditni yangi kredit bilan, koʻpincha yanada qulay shartlarda almashtirish jarayoni. Bu foiz stavkasini, kredit muddatini yoki boshqa shartlarni oʻzgartirishni oʻz ichiga olishi mumkin. Qayta moliyalashtirishning asosiy maqsadi moliyaviy sharoitlarni yaxshilashdan iborat boʻlib, qarz oluvchi uchun oylik toʻlovlarni kamaytirish, foiz stavkasini pasaytirish yoki bir nechta kreditlarni bittaga birlashtirish kabilarda namoyon boʻladi.

Qayta moliyalash maqsadlari: foiz stavkasini pasaytirish: joriy kreditga nisbatan past stavka bilan yangi kredit olish.

Oylik toʻlovlarni kamaytirish: kredit muddatini uzaytirish yoki stavkani pasaytirish orqali.

Qarzlarni birlashtirish: qarzni boshqarishni soddalashtirish va umumiy stavkani pasaytirish uchun bir nechta kreditlarni bittaga jamlash.

Kredit shartlarini oʻzgartirish: masalan, suzuvchi stavkadan qat’iy belgilangan stavkaga oʻtish yoki kredit muddatini oʻzgartirish.

Qayta moliyalashtirish jarayoni:

Shartlarni baholash: joriy kredit shartlarini tahlil qilish va yangi kreditlar boʻyicha takliflar.

Yangi kreditni tanlash: yangi kredit uchun eng qulay shartlarni tanlash.

Shartnoma tuzish: yangi kreditni rasmiylashtirish va undan eskisini soʻndirish uchun foydalanish.

Qayta moliyalashtirishning afzalliklari: xarajatlarni kamaytirish: kamroq toʻlovlar va jami foizlar.

Qarzni boshqarishni soddalashtirish: kuzatuv uchun kamroq kreditlar va toʻlovlar.

Moliyaviy holatni yaxshilash: kredit shartlari va moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyati.

Xatarlar va kamchiliklar: jarimalar va komissiyalar: eski kreditni muddatidan oldin toʻlash uchun ehtimoliy qoʻshimcha xarajatlar.

Shartlarni oʻzgartirish: yangi shartlar har doim ham yaxshi boʻlmasligi mumkin, ayniqsa kredit muddati uzaytirilsa.

Kreditlar

Kreditni qaytarishning qanday usullari mavjud?

Annuitet toʻlovlari: bu holda, qarz oluvchi har oyda foizlar va asosiy qarzni oʻz ichiga olgan teng miqdordagi toʻlovlarni toʻlaydi. Kredit muddati boshida toʻlovning katta qismi foizlarni toʻlashga, oxirida esa asosiy qarzni toʻlashga sarflanadi.

Afzalliklari: qat’iy belgilangan toʻlovlar tufayli budjetni rejalashtirish oson.

Kamchiliklari: qolgan qarz miqdori boʻyicha foizlar hisoblanishi tufayli kredit toʻlovlarining umumiy miqdori yuqori boʻlishi mumkin.

Tabaqalashtirilgan toʻlovlar: bu holda, asosiy qarz teng qismlarga boʻlib toʻlanadi, foizlar esa qolgan qarz miqdori boʻyicha hisoblanadi. Shunday qilib, toʻlovning umumiy miqdori vaqt oʻtishi bilan kamayadi.

Afzalliklari: qarz va foizlarning umumiy miqdori kamayganligi sababli kredit toʻlovlarining umumiy miqdori kamroq.

Kamchiliklari: kredit muddati boshida toʻlovlar yuqoriroq boʻlib, budjetni rejalashtirish qiyinroq boʻlishi mumkin.

Kreditlar

Kreditda imtiyozli davr nima?

Kreditdagi imtiyozli davr – bu qarz oluvchi kredit boʻyicha qarzing asosiy miqdori yoki foizlarini toʻlash majburiyatidan yoki ushbu ikkala toʻlovdan ozod qilinadigan muayyan vaqt oraligʻi. Imtiyozli davr koʻpincha qarz oluvchining moliyaviy yukini ayniqsa kredit muddati boshida yengillashtirish uchun ishlatiladi.

Imtiyozli davrning asosiy jihatlari:

Kechiktirilgan toʻlovlar: imtiyozli davrda qarz oluvchi qarzning asosiy qismini yoki foizlarini yoki faqat foizlarni toʻlamasligi mumkin va bu kredit shartlarini buzish deb hisoblanmaydi.

Foiz stavkalari: ba’zi hollarda asosiy qarz toʻlanmagan boʻlsa ham, foizlarni hisoblash davom ettirilishi mumkin. Bu imtiyozli davr tugaganidan keyin kredit boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy miqdorni oshirishi mumkin.

Davomiylik: imtiyozli davr kredit turiga va kredit shartnomasi shartlariga qarab davomiyligi jihatidan farq qilishi mumkin. U bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin.

Foydalanish maqsadlari: imtiyozli davr koʻpincha qarz oluvchining kredit muddati boshida, masalan, ipoteka yoki avtokreditlarda moliyaviy yukini engillashtirish uchun ishlatiladi. Bu qarz oluvchiga yangi moliyaviy sharoitlarga moslashish yoki keyingi toʻlovlar uchun mablagʻ toʻplash imkonini beradi.

Kreditlar

Skoring ballari yoki kredit skoringi nima?

Skoring ball (yoki kredit skoringi) – bu bank yoki kredit tashkiloti tomonidan potentsial qarz oluvchiga uning kredit tarixi va moliyaviy holatini tahlil qilish asosida beriladigan raqamli qiymat. Ushbu ball shaxsning kreditga layoqatliligini va qarzni toʻlash qobiliyatini baholashga yordam beradi.

Ball skoringining asosiy jihatlari:

Kredit tarixi: oldingi kreditlar, ularning oʻz vaqtida toʻlangani, muddatni oʻtkazib yuborishlar mavjudligi va kredit obroʻsiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Moliyaviy holat: daromadlar, xarajatlar, daromadlarning barqarorligi, qarz yuki darajasi va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar baholanadi.

Qarz yuki: qarz oluvchining qarzlari va uning daromadlari oʻrtasidagi nisbat tahlil qilinadi.

Kredit soʻrovlari tarixi: qarz oluvchi kreditlarni qanchalik tez-tez soʻraydi va ushbu soʻrovlarning natijalari qanday boʻlgan.

Qoʻshimcha omillar: masalan, aktivlarning mavjudligi, mehnat staji, ma’lumot va boshqa shaxsiy ma’lumotlar.

Skoring balining qiymati:

Yuqori skoring balli odatda kreditor uchun past xavfni koʻrsatadi hamda kreditni ma’qullash va uni yaxshiroq shartlarda olish imkoniyatini oshirishi mumkin (masalan, past foiz stavkasi).

Past skoring balli yuqori xavfni koʻrsatishi mumkin, bu esa kreditni rad etishga yoki u uncha qulay boʻlmagan shartlarda taklif qilinishiga olib kelishi mumkin.

Kreditlar

Mikroqarz yoki iste’mol krediti: qaysi birini tanlagan ma’qul?

Hozirning oʻzida oz miqdordagi mablagʻga ehtiyoj bor
Qisqa vaqtga ma’lum miqdordagi mablag’ga ehtiyoj sezayotgan mijozlar uchun foydali va tezkor mikrokredit xizmati taklif etiladi. Ushbu turdagi kredit yetishmayotgan mablagʻni qisqa vaqt ichida va kerakli hujjatlarning minimal roʻyxati bilan olishga yordam beradi. Kreditni qaytarish qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi.

Qimmatli buyum sotib olish rejalashtirilmoqda
Endi siz katta xarid uchun yillar davomida mablagʻ tejashingiz shart emas, klassik iste’mol krediti uchun bankka murojaat qilishingiz kifoya. Ushbu xizmatni tanlashda siz olgan kreditingiz uchun ortiqcha foiz toʻlashingiz kerak boʻlmaydi va qulay oylik toʻlov sizning budjetingizga zarar keltirmasdan kreditni toʻlashga imkon beradi. Kredit berish tartibi mutlaqo shaffof boʻlib, siz foiz stavkalarini har qanday “qoʻshib hisoblash”, qoʻshimcha toʻlovlar va jarimalardan himoyalanasiz.

Mijozning oʻzi qaysi turdagi kredit shaxsan unga mos kelishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Agar sizda biron bir savol yoki qiyinchilik paydo boʻlgan boʻlsa, unda biz sizga nisbatan individual yondashuvni qoʻllagan holda eng yaxshi variantni tanlashga yordam beramiz.

Onlayn toʻlovlar
Onlayn toʻlovlar
Onlayn toʻlovlar
Siz xaridlar uchun toʻlovlarni HUMO PAY, QR kod orqali joyida toʻlashingiz mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Onlayn toʻlovlar
Onlayn toʻlovlar
Onlayn toʻlovlar
Siz xaridlar uchun toʻlovlarni HUMO PAY, QR kod orqali joyida toʻlashingiz mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Asosiy Kartada
Biz bilan bog‘lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X