“POYTAXT BANK”da hisob-kitob va kassa xizmatlarining afzalliklari
0%
POYTAXT BANKda hisobvaraq ochib, siz barcha bank xizmatlari uchun yagona toʻlov va 0% komissiyalik tarifdan foydalanishingiz mumkin.
e-Banking
Muntazam moliyaviy yuklamani engillashtirishga moʻljallangan maxsus ilova orqali tashkilot mablagʻlarini boshqaring.
Egiluvchan kredit shartlari
Bizning kredit mahsulotlarimiz moliyaviy egiluvchanlik va uzoq muddatli imkoniyatlarni taqdim etish orqali sizning biznesingiz ehtiyojlariga moslashtirilgan.
Qulay foizlar
“POYTAXT BANK” tadbirkorlarga har qanday biznes vazifalariga moslashtirilgan, tanlab olish mumkin boʻlgan qulay tarif paketlarini taklif etadi.
Yuqori malakali maslahat xizmatlari
Mutaxassislarimiz biznesni rivojlantirish va moliyaviy rejalashtirish boʻyicha professional maslahatlar berib, muvaffaqiyatli natijalarga erishishingizga koʻmaklashadi.
Hisobni ochish uchun zarur boʻlgan hujjatlar:
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
- Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
- Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Yuridik shaxslar uchun
- Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
- Yuridik shaxsning ustavi
- Yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolati berilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.