Kredit haqida
Poytaxt Bankda yangi “Avto Plus-R” avtokrediti ishga tushdi
Poytaxt Bank jismoniy shaxslar uchun yangi “Avto Plus-R” avtokreditini taklif etadi. Mazkur kredit birlamchi bozordan yangi avtotransport vositalarini xarid qilish uchun ajratiladi.
“Avto Plus-R” avtokrediti orqali Dongfeng, BAW, Bestune kabi avtomobillarni qulay shartlarda xarid qilish imkoniyati mavjud.
Avtokreditning asosiy shartlari:
- Kredit muddati — 60 oygacha;
- Yillik foiz stavkasi — 0% dan;
- Boshlang‘ich badal — 25% dan;
- Kredit valyutasi — O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m;
- To‘lov shakli — annuitet yoki differensial usulda;
- Imtiyozli davr — mavjud emas.
Kredit summasi avtomobil oldi-sotdi shartnomasidagi qiymatdan mijozning boshlang‘ich badali ayirilgan summa asosida belgilanadi.
Foiz stavkalari:
| Avto Plus-R 1* | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Boshlang‘ich badal | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
| 25% | 0,0% | 6,0% | 10,0% | 15,5% | 17,5% | 19,0% |
| 30% | 0,0% | 4,5% | 9,0% | 14,5% | 17,0% | 18,5% |
| 40% | 0,0% | 0,0% | 6,5% | 13,5% | 16,0% | 17,5% |
| 50% | 0,0% | 0,0% | 3,5% | 11,0% | 14,5% | 16,0% |
| 60% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 7,5% | 12,0% | 14,5% |
| 70% | 0,0% | 0,0% | 0,0% | 1,5% | 7,5% | 11,0% |
| Avto Plus-R 2* | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Boshlang‘ich badal | 12 oy | 15 oy | 18 oy | 21 oy | 26 oy | 34 oy |
| 25,0% | 0 | |||||
| 30,0% | 0 | |||||
| 40,0% | 0 | |||||
| 50,0% | 0 | |||||
| 60,0% | 0 | |||||
| 70,0% | 0 | |||||
*Foiz stavkalari boshlang‘ich badal miqdori va kredit muddatiga qarab belgilanadi. Kredit shartlari bank tomonidan individual tartibda ko‘rib chiqiladi.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 214 20 00
Avtomobillar “AUTOCENTR” MCHJ, “LUXEMOTORS” MCHJ va “STARLIGHT MOTOR” MCHJ orqali xarid qilinadi. Shartlar bank tomonidan individual tartibda ko‘rib chiqiladi. Kredit ajratilishi bankning amaldagi skoring, kredit tarixi, ta’minot va ichki talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kredit shartlari
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: doc
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.

















