Kredit haqida
“Kelajak kapitali” — ta’limingiz uchun moliyaviy yechim
"Poytaxt Bank" jismoniy shaxslarning ta’lim xarajatlarini moliyalashtirish uchun “Kelajak kapitali” ta’lim kreditini taklif etadi.
Mazkur kredit oliy, professional va boshqa qonuniy ta’lim xizmatlari, jumladan, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha kontrakt to‘lovlarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ta’lim kreditining asosiy shartlari:
| Kredit sharti | Miqdori |
|---|---|
| Kredit muddati | 12–48 oy |
| 12 oylik kredit uchun yillik stavka | 24% |
| 13–48 oylik kredit uchun yillik stavka | 27% |
| Kredit miqdori | Kontrakt summasi hamda to‘lov qobiliyati doirasida |
| Kredit valyutasi | So‘m (UZS) |
| So‘ndirish usuli | Annuitet yoki differensial |
Kreditning yakuniy summasi ta’lim shartnomasi, mijozning to‘lov qobiliyati, qarz yuki va bank tomonidan belgilangan limitlar asosida aniqlanadi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
- 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
- Talabalar va ularning ota-onalari;
- Rasmiy daromadga yoki daromadli kafilga ega jismoniy shaxslar.
Kredit ta’minoti:
- 100 mln so‘mgacha — uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit summasining 50% qismi bo‘yicha kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi (qolgan 50% qismi ta’minotsiz) asosida;
- 100 mln so‘mdan yuqori — likvid mol-mulk garovi asosida.
Garov qarz oluvchining o‘z mulki bo‘lsa, uning qiymati kredit summasining kamida 125%ini, uchinchi shaxs mulki bo‘lsa, kamida 130%ini tashkil etishi kerak.
Kredit qanday ajratiladi?
Arizalar "Poytaxt Bank" xizmat ko‘rsatish ofislari yoki masofaviy bank xizmatlari kanallari orqali qabul qilinadi. Mijozning kredit tarixi, daromadi va moliyaviy yuklamasi baholanadi.
Kredit rasmiylashtirilgach, mablag‘lar naqd pulsiz shaklda, kredit shartlarida belgilangan muddatda, ko‘pi bilan 3 ish kuni ichida ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Xorijdagi ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini moliyalashtirishda valyuta operatsiyalari va tasdiqlovchi hujjatlar bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘llaniladi.
Kredit bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik moliyaviy xatarlarga, jumladan, qarzdorlikning oshishi, kredit tarixining yomonlashishi va qarzni majburiy undirish choralariga olib kelishi mumkin.
Kredit shartlari
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: docx
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.

















