Kredit haqida
«Tayyor Uy» — yangi hayotingiz uchun tayyor xonadon
Yangi xonadonga ko‘chib kirish uchun qurilish yakunlanishini uzoq kutish shart emas. “Poytaxt Bank” ikkilamchi bozordan tayyor xonadon sotib olishni rejalashtirayotgan mijozlar uchun «Tayyor Uy» ipoteka kreditini ishga tushirdi.
Mazkur kredit mahsuloti orqali mijozlar ikkilamchi bozordan o‘zlariga ma’qul xonadonni tanlab, uning xaridini uzoq muddatli ipoteka krediti asosida moliyalashtirishlari mumkin.
| Kredit summasi | 800 mln soʻmgacha | ||
| Kredit muddati | 240 oygacha (20 yil) | ||
| Segment | Boshlangʻich badal miqdori | Foiz stavkasi | |
| Rasmiy oylik daromad manbaiga ega boʻlganlar | 20% | 24,5% | |
| 25% | 23,5% | ||
| 50% | 22,5% | ||
| Oʻzini oʻzi band qilganlar | 25% | 25,5% | |
| 35% | 24,5% | ||
| 50% | 23,5% | ||
| Imtiyozli davri | 12 oygacha | ||
«Tayyor Uy» ipoteka krediti foydalanishga tayyor xonadon sotib olish, xarajatlarni uzoq muddatga taqsimlash va o‘z uyiga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Kreditning yakuniy miqdori, foiz stavkasi, muddati va boshqa shartlari mijozning daromadi, to‘lov qobiliyati, taqdim etilgan hujjatlar hamda Bankning amaldagi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zingizga mos xonadonni tanlagan bo‘lsangiz, “Poytaxt Bank” xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilib, kredit shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Call-markaz: 71 214 20 00
Poytaxt Bank — kelajakni birga quramiz!
Kredit shartlari
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: docx
Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar 24/7 qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn soʻrovnoma shaklini toʻldiring. Bank xodimi siz bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtish va kredit ajratish shartlari bilan tanishtiradi.

















