Foiz stavkasi nima? Sodda tilda tushuntiramiz:

1. Foiz stavkasi — bu qarz yoki omonat uchun hisoblanadigan pul.
Kredit olayotgan bo‘lsangiz — bu bankka ortiqcha to‘laydigan qism.
Omonat qo‘ygan bo‘lsangiz — bu bank sizga to‘laydigan daromad.

2. Keling, oddiy misol:
Masalan: 12 oyga 10 million kredit oldingiz.
Yillik foiz 24% bo‘lsa — yil davomida 2.4 million foiz to‘laysiz.
Agar bu oylik 2% deb aytilsa — aslida bu ham 24%, lekin ba’zida bu raqamlar sizni chalkashtiradi.

3. Oylikmi yoki yillik?
Ko‘pchilik xato qiladi:
“Bu faqat 3% foiz” deyishadi.
❗️ Lekin bu oylik foiz bo‘lsa — yiliga 36% bo‘ladi!

Foiz qachon va qanday hisoblanayotganini tushunish muhim!

4. Nega bu siz uchun muhim?
Ko‘pchilik “foizni” tushunmasdan kredit oladi yoki omonat qo‘yadi, keyin esa:
— “Bu qayerdan chiqdi?”
— “Shuncha to‘layman deb o‘ylamagandim!”
— “Daromad kam chiqdi-ku...” degan e’tirozlar boshlanadi.

 Ayrim holatda esa foiz atay chalkashtiriladi:
— “Faqat 2% foiz” deyishadi, ammo bu oylik bo‘lib chiqadi (yiliga 24%)
— Yashirin to‘lovlar bilan aslida foiz 40% bo‘lib qoladi.

Shuning uchun, foiz stavkasini tushunsangiz:
✔️ Kredit qaytarish rejasini to‘g‘ri tuzasiz
✔️ Omonat daromadini oldindan bilib olasiz

Moliyaviy savodxonlik — har bir oilaga kerak!
Moliyajon sizga omad va moliyaviy barqarorlik tilaydi!