
Pulni yostiq tagida emas, bankda saqlang — ustiga daromad ham olasiz!
Depozit nima va qanday foyda keltiradi?
Depozit — bu bankda saqlanadigan va vaqt o‘tishi bilan sizga foyda keltiradigan pul. Qisqacha aytganda: pulni bankda saqlaysiz, bank esa sizga foiz to‘laydi.Qanday ishlaydi?
1. Bankda omonat ochasiz.
2. Pulni ma’lum muddat saqlaysiz.
3. O‘sha muddat tugaganda asosiy pulingiz + ustiga hisoblangan daromadingizni olasiz!
Nega kerak?
- Pulni xavfsiz saqlash uchun.
- Kelajak uchun jamg‘arma qilish uchun.
- Foiz orqali qo‘shimcha daromad olish uchun.
E'tibor bering:
• Foiz stavkasi: Qanchalik yuqori bo'lsa, shuncha foyda.
• Muddat: Qisqa muddat - tez yechim, uzun muddat - katta daromad.
• Valyuta: So'mda barqarorlik, dollarda valyuta daromadi.
• To'lov vaqti: Har oy foiz olasizmi yoki muddati tugaganda? (ba'zida foizlari oldindan beriladi)
Depozit va kredit – farqni biling!
Depozit Kredit
1. Siz bankka pul topshirasiz 1. Bank sizga pul beradi
2. Bank sizga foiz to'laydi 2. Siz bankka foiz to'laysiz
3. Bu - jamg'arma vositasi 3. Bu - qarz vositasi
Xulosa:
Depozit - daromad olish.
Kredit - ehtiyojni qondirish.
Ikkalasi ham to'g'ri foydalanilsa foydali!Poytaxt Bankda siz uchun ishonchli va foydali omonatlar mavjud!










