Onlayn xaridlar yoki boshqa to‘lov operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko‘pchilik CVC yoki CVV-kodni kiritish talabiga duch keladi. Lekin bu kod nima va u qanday ishlaydi?

CVV (Card Verification Value) va CVC (Card Verification Code) – bu bank kartasining orqa tomonida joylashgan uch xonali maxfiy kod. Kartani terminallarga kiritish yoki POS-terminal orqali o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda, masofaviy tranzaksiyalar vaqtida uning haqiqiyligini tasdiqlash uchun ishlatiladi. CVV/CVC-kod muhim himoya vazifasini bajaradi va firibgarlikning oldini olishga yordam beradi.

CVV/CVC-kodni kiritmasdan quyidagi operatsiyalarni bajaraolmaysiz:

- Internetda xaridlarni amalga oshirish;

- Servislarga obuna bo‘lish va to‘lovlarni amalga oshirish;

- Onlayn tranzaksiyalarni tasdiqlash.


Muhim! Quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qiling:

Hech qachon CVC/CVV-kodingizni hatto bank xodimlariga ham bermang;

Shubhali saytlarda kodni kiritmang. Har doim sayt manzilini tekshiring va xavfsiz ulanish (https://) mavjudligini aniqlang;

Kartangiz ma’lumotlarini ishonchsiz saytlarda saqlamang. Eng xavfsiz usul – har bir xaridda ma’lumotlarni qayta kiritish;

Brauzerlarda kartani avtomatik saqlash funksiyasini o‘chirib qo‘ying. Bu qurilmangiz buzilganda ma’lumotlaringiz o‘g‘irlash xavfini kamaytiradi;

Hech kimga telefon yoki messenjer orqali CVV/CVC-kodingizni aytmang. Agar kimdir bunday ma’lumotni so‘rasa, u firibgar bo‘lishi mumkin.


Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamlarga oshkor qilmang!