O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkazilmoqda

2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayon mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ro‘yxatga olish davomida aholi tarkibi, bandlik holati va qishloq xo‘jaligiga oid asosiy ko‘rsatkichlar yangilanadi.

Ishtirok etish:
◻️Onlayn — census.stat.uz sayti orqali (15–31-yanvar, 2026-yil);
◻️Uyma-uy so‘rov orqali — 4–28-fevral, 2026-yil.

Barcha ma’lumotlar maxfiy bo‘lib, faqat umumlashtirilgan shaklda foydalaniladi. So‘rovchilar xizmat guvohnomasi bilan ishlaydi.