
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 5-yanvardan boshlab "Poytaxt Bank"da quyidagi omonat mahsulotlari bo‘yicha yangi mablag‘lar qabul qilish jarayoni to‘xtatiladi:
- Kids Kapital
- Optima
- Smart Start
- High Level
Ushbu qaror omonat mahsulotlar liniyasini yangilash hamda mijozlarimizga yanada qulay va zamonaviy shartlarni taklif etish maqsadida qabul qilindi.
Avval ochilgan barcha omonatlar shartnoma shartlariga to‘liq muvofiq ravishda xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
Yaqin vaqt ichida "Poytaxt Bank" siz uchun yangi omonat turlarini taqdim etadi. Ular mijozlarimiz ehtiyojlari va bugungi moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring — oldinda yanada foydali takliflar kutmoqda!










