“Poytaxt Bank” — mahallaning yangi nafasi!

????‍????“Poytaxt Bank” o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Qanli mahalla va Mo‘ynoq tumani Mo‘ynoq mahalla hududlarida faol ish olib bormoqda.

2025-yil boshidan buyon ushbu tashabbus doirasida jami 325 million so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu mablag‘lar hisobiga 44 ta yangi ish o‘rni yaratildi va o‘nlab oilalarning daromad manbai barqarorlashdi.

Ushbu tashabbuslar quyidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi:
• Bolalar bog‘chasini kengaytirish;
• Hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
• Qandolat mahsulotlarini tayyorlash;
• Uy jihozlarini ta'mirlash va ishlab chiqarish.

????"Poytaxt Bank" mahallada yuzma-yuz muloqot, har bir fuqaroning ehtiyojiga individual yondashuv orqali tadbirkorlik salohiyatini ochishga va odamlarning hayotini yaxshilashga hissa qo‘shish harakatida.

“Mahalla bankirlari” — bu shunchaki lavozim emas. Bu — odamlar hayotiga ta’sir qiluvchi missiya!