Hurmatli mijozlar!

Yangi yil bayramlari hamda korrespondent-banklarda ish kunlari bo‘lmaganligi munosabati bilan, SWIFT tizimi orqali amalga oshiriladigan xalqaro to‘lovlar 2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va hisobvaraqlarga kirim qilish 2026-yil 5-yanvardan boshlab odatdagi tartibda qayta tiklanadi. Mazkur davrda yuborilgan to‘lovlar kechikib qayta ishlanishi mumkin.

Xalqaro hisob-kitoblarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.