KICHIK BIZNES UCHUN DEPOZIT MAHSULOTLARI
“POYTAXT BANK” AJ yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini samarali joylashtirish, shuningdek likvidlikni samarali boshqarish va qo‘shimcha daromad olish maqsadida zamonaviy depozit mahsulotlarini taklif etadi.
Depozit turlari:
Muddatli depozitlar – pul mablag‘larini kelishilgan muddatga, daromad to‘lash shartlari shartnoma asosida belgilangan holda joylashtirish.
Jamg‘arma depozitlar – shartnoma shartlariga muvofiq mablag‘larni to‘ldirish va/yoki qisman yechib olish imkoniyatini nazarda tutuvchi moslashuvchan depozit mahsulotlari.
Depozit valyutalari:
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, AQSH dollari, Yevro, boshqa xorijiy valyutalar – individual kelishuv asosida.
Individual yondashuv:
Depozit shartlari joylashtiriladigan mablag‘lar, muddati, valyutasi, mijozning hisob-kitoblari tuzilmasi hamda bozor holatini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Foizli daromad:
Foiz stavkasi miqdori depozit shartnomasida qat’iy belgilanadi.
Muddatidan oldin qaytarib olish:
Mablag‘lar muddatidan oldin qaytarib olinganda, foizli daromad, odatda, shartnoma shartlariga muvofiq pasaytirilgan stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Yuridik axborot:
Mazkur veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlar faqat ma’lumot berish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Bank depozit mahsulotlarining yakuniy shartlari tegishli shartnoma bilan belgilanadi.
Oʻzbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, chеt ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbеkiston Rеspublikasi banklaridagi omonatlarini qaytarilishi Fuqorolarning banklardagi omonatlarini Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi.
Poytaxt Bank omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etadi.







