
"Poytaxt Bank" Aksiyadorlik Jamiyati
Umumiy ma'lumotlar
«POYTAXT BANK» Aksiyadorlik Jamiyatining tashkil etilishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-sonli qarori asos bo‘lgan.
«POYTAXT BANK» o‘z ish faoliyatini bugungi kungacha bank asoschisi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahar hokimining 2018-yil 13-oktyabrdagi 1481-sonli buyrug‘i bilan boshlagan.
Bank faoliyatining asosiy vazifalari:
- Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilishi uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini jalb qilish;
- Arzon ko‘p kvartirali uylarni qurilishiga jalb qilingan pudrat tashkilotlarini kredit resurslari bilan ta'minlash;
- Arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish borasida buyurtmachi vazifasini bajarish;
- Aholi va yuridik shaxslarning uy-joyga bo‘lgan yehtiyojlarini qondirish borasida ularga ipoteka kreditlari va bank xizmatlarini taqdim etish;
- Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarni qurish va ta'mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchilarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
- Xorijiy investisiya mablag‘lari, shu jumladan, zaymlar va arzon ko‘p kvartirali uylarning qurilishini moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik ko‘magini jalb etish;
- Investisiya faoliyatini, jumladan, muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilashni ta'minlovchi ishlanmalar va loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish;
- Uy-joy, kommunal xizmatlari, energiya ta'minoti va boshqa mahalliy to‘lovlarni amalga oshirish uchun innovasion to‘lov tizimlarini joriy etish, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aholiga mobil bank xizmatlarini taqdim etish;
- Zamonaviy, tejamli, energiyani kam sarflovchi va yuqori talablarga javob beradigan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;
- Toshkent shahrining eksport salohiyatini, shu jumladan, xalqaro reklama va savdo ommaviy axborot vositalarini faol yoritish orqali xorijiy banklar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik va savdo vakillari bilan faol hamkorlikni yulga qo‘yish;
- Qurilish mahsulotlarini, birinchi navbatda, innovasion qurilish uskunalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyasini ishlab chiqishda bank mijozlariga ko‘maklashish;
- Universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish.
Jamiyatning ustav fondi va aksiyadorlarning
Jamiyat aksiyadorlari | Aksiyalarsoni/dona | Ustav kapitalidagiulushi/foizda |
O'zbekiston RespublikasiDavlat aktivlarini boshqarish | 100 000 000 | 100% |
"Ahbor-Reyting" reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.1995 yildagi 427 - sonli qaroriga muvofiq tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, korporativ obligasiyalar yemitentlari, lombardlar, mikrokreditlar va boshqa tashkilotlarga reyting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan birinchi reyting agentligi hisoblanadi.
Tayinlangan reyting | |
---|---|
Reyting | UzB |
Statusi | Barqaror |
Reyting ko‘rsatkichi | Barqaror |
Reyting yo‘nalishi | Kreditga layoqatlilik darajasi |