“Ahbor-Reyting” RA “Poytaxt bank” AJga mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati boʻyicha qB1 darajasidagi reytingni taqdim etdi. Bu – xizmatlarni yaxshilash va mijozlarning ehtiyojlarini qondirish borasida doimiy ish olib borilayotganining tasdig’i.

  • NPS indeksi 82 foizni tashkil etdi hamda mijozlarimizning bank xizmatlaridan mamnun ekanliklarini, shuningdek, ular ushbu xizmatlarni tavsiya etishga tayyor ekanliklarini aks ettirdi.
  • CSI indeksi 80 foizni tashkil qildi va mijozlarimizning bank xizmatlaridan umumiy qoniqishlarini koʻrsatadi.

Bizga ishonch bildirganingiz uchun sizlardan minnatdormiz. Fikr va mulohazalaringiz biz uchun har doim juda muhim. “Poytaxt bank” jamoasi mijozlar bilan muloqot qilishga va fikr almashishga hamisha tayyor!