QWATT BIKES-q.watt jamoasining 2024-yilning III choragida ishga tushirilgan ikkinchi loyihasi Toshkentda elektron velosiped ijarasini taklif etadi. "Poytaxt Bank" va QWATT BIKES ushbu loyihani amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar, bu kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, toza transportni qo'llab-quvvatlash va shahar infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi. Loyiha doirasida Toshkentda maxsus elektron velosipedlar faoliyat ko'rsatmoqda, ularning bir qismi aholi foydalanishi uchun, bir qismi esa yirik yetkazib berish xizmatlari uchun mo'ljallangan.

Loyiha muqobil va qulay transportni ta'minlaydi, bu esa aholiga kundalik hayotda velosipedlardan foydalanish orqali tirbandlikdan qochish va sog'lig'ini yaxshilash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda xizmat faqat Toshkentda mavjud, ammo kompaniya uni mamlakatning boshqa shaharlariga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Ushbu loyiha jamiyat manfaati va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan moliyaviy va texnologik sektorlarning muvaffaqiyatli hamkorligining namunasidir. Bank QWATT BIKES kompaniyasini strategik maqsadlarini amalga oshirishda qo'llab-quvvatlashga va uning yanada o'sishi uchun moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyor.