O‘zbekistondagi eng qadimgi banklardan biri sifatida uning faoliyati qator o‘zgarishlar, qayta nomlash hamda takomillashtirishdan o‘tdi va mijozlari uchun hamisha ishonchli sherik va mamlakat moliyaviy-iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lib qoldi.
Bankning asosiy yirik aksionеrlari: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.