UZCARD – “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UZCARD savdo belgisi). Kompaniya ekvayring faoliyatini, elektron toʻlovlarni qayta ishlashni ta’minlaydi, shuningdek, banklar, toʻlov tashkilotlari va bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtirgan holda provayder vazifasini ham bajaradi.
Tijorat banklarini bitta dasturiy platforma asosida yagona toʻlov maydoniga birlashtirish, ishtirokchi banklar mijozlariga plastik kartalarni qoʻllash boʻyicha kengroq imkoniyatlarni taqdim etish uchun yangi standartlashtirilgan mahsulotlarni bozorga chiqarish jarayonini tezlashtirishga imkon berdi. Bu, shuningdek, moliyaviy, texnik va boshqa resurslarni tejashni ta’minlaydigan karta loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirishda banklarning oʻzlariga markazlashtirilgan yordam koʻrsatishga yordam berdi.