Depozit haqida
Agar biznesingizda erkin mablag‘lar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha daromad olish uchun ularni depozit hisobvaraqlariga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqing. Bu kapitalingizni inflyatsiyadan himoyalash va pul mablag‘laridan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Qo‘shimcha daromaddan biznesni rivojlantirish uchun investitsiya yoki joriy xarajatlarni qoplash maqsadida foydalanish mumkin.
Foiz stavkasi: | 18% |
Minimal miqdor: | 1 000 000 000 so‘m |
Depozit muddati: | 12 oy |
To‘ldirish: | Yo‘l qo‘yilmaydi |
Muddatidan oldin yechish: | Bankni 30 kun oldin xabardor qilgan holda yo‘l qo‘yiladi |
Qisman yechish: | Bankni 30 kun oldin xabardor qilgan holda yo‘l qo‘yiladi |
Muddatini uzaytirish: | Ruxsat beriladi |
Poytaxt bankda o‘rta va yirik biznes uchun depozitlarning afzalliklari:
-
Depozit bo‘yicha individual stavka
Katta aylanmaga ega kompaniyalar uchun alohida shartlarni ko‘rib chiqamiz -
Kafolatlangan daromad
Depozit bo‘yicha foizlarni har oyda hisoblaymiz. Depozit hisobvarag‘idan pul mablag‘lari muddatidan oldin yechilgan taqdirda ham mijozga depozitlar bo‘yicha foiz to‘lanadi. -
Mahsulotni siz uchun maromiga yetkazamiz
Xohish-istaklaringizni muhokama qilamiz va individual shartlarni yaratamiz -
Likvidlik
Depozitni muddatidan oldin daromadni yo‘qotmagan holda qisman yoki to‘liq yechib olish – kompaniya zarur hollarda o‘z mablag‘laridan tezda foydalana olishi imkoniyati demak. -
Moliyaviy obro‘-e’tiborni yaxshilash
Pul mablag‘larini ishonchli moliya muassasalarida joylashtirish kompaniyaning kredit reytingini hamda hamkorlar va mijozlar tomonidan bildiriladigan ishonch darajasini oshirishi mumkin.
Format: pdf