1 Iyun 2024
Hurmatli mijozlar!
Elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2024-yil 1-iyun soat 23:45 dan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.
2024-yil 3-iyun soat 22:00 dan boshlab elektron xizmatlar odatdagidek davom etadi. Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda moliyaviy operatsiyalaringizni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
Hurmat bilan,
“Poytaxt bank” jamoasi.