10 Noy 2026
Ijtimoiy tarmoqlarda «POYTAXT BANK» AJning ayrim kredit operatsiyalari va korporativ boşqaruv masalalari yuzasidan tarqatilgan ma’lumotlar böyiça quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Özbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq, kreditlar ajratiş bank operatsiyalari qatoriga kiradi. Şu bilan birga, mazkur Qonunning 44-moddasi bank bilan aloqador şaxslar bilan bitimlar tuzişni taqiqlamaydi, balki bunday bitimlarni tuzişning alohida şartlari va tartibini belgilaydi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41 va 354-moddalarida yuridik şaxslarning huquq layoqati hamda şartnoma tuziş erkinligi nazarda tutilgan. Bank bilan aloqador yuridik şaxslar ham mustaqil tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi va boşqa yuridik şaxslar kabi bank kreditlaridan foydalaniş huquqiga ega.
«Finanex» MÇJ bilan tuzilgan kredit bitimi Özbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi Qonuni 44-moddasi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonuni 88-moddasi talablariga muvofiq körib çiqilgan va ma’qullangan.
Bunda manfaatlar töqnaşuvining oldini olişga oid qonunçilik talablariga rioya etilgan. Jumladan, bitimdan manfaatdor bölgan Kuzatuv kengaşi a’zosi mazkur masalani muhokama qiliş va ovoz beriş jarayonida iştirok etmagan. Bitim Kuzatuv kengaşining manfaatdor bölmagan a’zolari tomonidan belgilangan tartibda körib çiqilgan va tegişli qaror qabul qilingan.
«Finanex» MÇJga kredit umumiy asoslarda ajratilgan. Xuddi şunday kreditlaş şartlari har qanday qarz oluvçi uçun mavjud bölib, bunda heç qanday imtiyozlar, preferensiyalar yoki boşqa afzalliklar taqdim etilmagan.
Şuningdek, kredit ajratiş jarayonida qarz oluvçining moliyaviy holati, tölov qobiliyati, kredit tavakkalçiliklari va garov ta’minoti belgilangan tartibda baholangan. Kreditning qaytarilişi likvidli garov ta’minoti bilan ta’minlangan.
«Goods For Kids» MÇJ bilan boğliq bitimga kelsak, mazkur holatda bank tomonidan kafillik berilmagan, aksinça, majburiyatlarning bajarilişini ta’minlaş maqsadida bank tomonidan kafillik qabul qilingan. Bunday kafillik Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasida nazarda tutilgan bölib, majburiyatlar bajarilişini ta’minlaş usullaridan biri hisoblanadi.
Kredit portfeli sifatiga oid ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan oçiq e’lon qilib boriladi. Bank muammoli kreditlar bilan işlaş, kredit portfelining sifatini yaxşilaş va kredit tavakkalçiliklarini kamaytiriş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Bank faoliyatiga oid ma’lumotlarni yoritişda ularning töliq mazmuni, huquqiy asoslari va amaldagi qonunçilik talablarini inobatga oliş muhim deb hisoblaymiz. Bu jamoatçilikka xolis va töğri ma’lumot yetkazilişiga xizmat qiladi.
«POYTAXT BANK» AJ öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq amalga oşiradi hamda korporativ boşqaruv, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va kredit tavakkalçiliklarini boşqariş böyiça qonunçilik talablariga qat’iy amal qiladi.
«POYTAXT BANK» AJ öz faoliyatining oçiqligi va şaffofligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratadi hamda jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan oçiq muloqotga tayyor. Bank öz faoliyatiga oid ma’lumotlar yuzasidan Özbekiston Respublikasining «Bank siri töğrisida»gi Qonuni va boşqa qonunçilik hujjatlari talablari doirasida tegişli axborot va tuşuntirişlar taqdim etişga tayyorligini bildiradi.