23 Fev 2026
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan holat bo‘yicha Poytaxt Bank axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Fargʻona shahrida Poytaxt Bank bankomatlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda. Mazkur jarayon doirasida yangi qurilmalar eng zarur va aholi gavjum hududlarga joylashtirilmoqda. O‘rnatilgan bankomatlar belgilangan tartibda texnik sozlash, dasturiy integratsiya hamda xavfsizlik sinovlaridan o‘tkazilib, shundan so‘ng to‘liq ish rejimiga topshiriladi.
Shu bois ayrim bankomatlarning vaqtincha ishlamayotgani ularni ishga tushirish yoki rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan barcha qurilmalar qisqa muddatlarda to‘liq faoliyat yuritishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, Poytaxt Bank faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha savol va takliflaringizni +998 71 214 20 00 ishonch raqami orqali yo‘llashingiz mumkin.