
Moliyajon navbatdagi mavzusini Nyu York Menejementi maktabi dotsenti, professor Wenyao Xuning Z avlodi 2024-yil tendensiyalari haqidagi fikrlari va moliyaviy maslahatlari bilan bogʻladi.
2024-yilning moliyaviy tendensiyalari:
Z avlodi "soft saving" tamoyilini olib chiqmoqda: Bu avlod an’anaviy jamg‘armalardan ko‘ra, hozirgi hayot sifati va tajribalarini afzal deb biladi.
Pulni darhol quvonch keltiradigan narsalarga sarflash va oʻz qadriyatlarni aks ettiruvchi tashabbuslarga sarmoya kiritishga intilishdi.
O‘yin-kulgi, koʻngil ochish uchun xarajatlari ustuvordir.
Shundan kelib chiqib, professor shaxsiy moliya maslahatlar tavsiya etadi.
Byudjet tuzing: Daromad va xarajatlarni kuzatib boring, bu ortiqcha xarajatlarni aniqlash va moliyani samarali boshqarishga yordam beradi.
Jamg‘arma yarating: Kutilmagan xarajatlar uchun kamida 3-6 oylik yashash xarajatlarini tejab qo‘ying.
Investitsiyani rejalashtiring: Karyera va daromad imkoniyatlarini muntazam baholab, investitsiya strategiyangizni moslashtiring.
Moliyaviy texnologiyadan foydalaning: Xarajatlarni kuzatish, tejash va investitsiyalarni boshqarish uchun ilovalar va vositalardan foydalaning.
Moliyaviy bilimlaringizni oshiring: Kitoblar o‘qing, podkastlarni tinglang va moliyaviy bloglarni kuzatib boring.
Dr.Xu: Investitsiyalarni diversifikatsiya qiling va iqtisodiy sharoitga mos ravishda ehtiyotkorlik bilan yondashing.
Moliyaviy barqarorlik va mustaqillikka erishish uchun maslahatlarni amalda qo‘llang!










