Tadbirkorlarga yetkazib berilgan mahsulot yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarga aylanma mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda “Poytaxt bank” tomonidan tadbirkorlik subyektlariga faktoring xizmatlari taklif etiladi.
“Poytaxt Bank” tomonidan taklif etilayotgan faktoring xizmatining afzalliklari:
- Hujjatlarni qisqa muddatda rasmiylashtirish;
- Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni tez amalga oshirish orqali aylanma mablagʻlari va ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash;
- Taʼminot talab etilmaydi;
- Ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlari uzluksizligi ta’minlanadi.
“Poytaxt Bank”ning faktoring xizmatlaridan foydalaning va biznesingizni rivojlantiring.