2024-yil "Poytaxt Bank" uchun katta yutuqlar va yangi bosqichlarga qadam qo‘yilgan yil bo‘ldi. Biz mijozlarimizga ko‘proq qulaylik, innovatsiyalar va sifatli xizmatlar taqdim etish maqsadida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirdik.


✔️ Yanvar 2024

• 24/7 Internet-Banking tizimining ishga tushirildi.

• Yagona ommaviy ofertaning joriy etildi.


✔️Aprel 2024

• "SNS Rating" tanlovida top-5 aloqa markazi: Bankning kontakt markazi yuqori sifatli xizmatlari bilan banklar o’rtasida eng yaxshi beshtalikka kirdi.


✔️ May 2024

• Elektron savdoni rivojlantirishga qo‘shgan hissamiz uchun "HUMO" Milliy Protsessing Markazi tomonidan mukofot bilan taqdirlandik.

• Bank “To‘lov innovatsiyalarining kelajagi” (Boku) xalqaro tadbirida o‘z innovatsion yondashuvlarini namoyish qildi.


✔️ Iyul 2024

• "Q-WATT" bilan hamkorlik

• “Ria money” xalqaro pul o'tkazmalari yo'lga qo'yildi.

• Moliyaviy xizmatlarni aholiga yanada qulayroq va yaqinroq qilish maqsadida “Uchtepa” BXM yangi markazni ochilishi.


✔️ Avgust 2024

• Bank o‘zining ijtimoiy mas’uliyat strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan yangi loyiha — "Moliyajon" ni ishga tushirdi.

• “Asia express” xalqaro pul o'tkazmasi yo'lga qo'yildi.


✔️ Sentabr 2024

• "Kid's Card": Yosh mijozlar uchun mo‘ljallangan bolalar kartasi yo'lga qo'yildi.

• Iqtisodiyot vazirligi bilan ipoteka kreditlari bo'yicha memorandum imzolandi.


✔️ Oktyabr 2024

• VISA kartalarining chiqarilishi: Classic, Gold va Infinite kartalari joriy etilib, mijozlarga xalqaro to‘lovlar uchun qulaylik yaratildi.

• Yangi markaz ochilishi: "Buxoro" BXM. 

• Hamkorlik memorandumi: "Nordic International University" va "VisionLabs" bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, bu ta’lim va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamladi.

• Yangi veb-sayt: Bankning zamonaviy talablarga moslashgan yangi sayti ishga tushdi.

• "Like Cup" futbol turniri: Bank faol hamkor sifatida ishtirok etidi.


 ✔️ Noyabr 2024

• "Tomorrow's Payment Technologies" (Tbilisi) tadbirida qatnashib, to‘lov texnologiyalarining yangi tendensiyalari muhokama qilindi.

• Iqtisodiyot universiteti bilan memorandum imzolandi: Ta'lim va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashda yangi istiqbollar ochadi.


✔️ Dekabr 2024

• "Hurmatli Hamkor" mukofoti: UZCARD Forum - 2024 doirasida qo‘lga kiritildi.

• Visa tizimi tomonidan e'tirof: "Visaning yangi a'zosi", "Visa Infinite kartasini joriy qilgan bank".


Hurmatli mijozlarimiz, bildirilgan ishonch va yil davomida biz bilan birga bo‘lganingiz uchun o’z  minnatdorchiligimizni bildiramiz!