25 Sen 2026
Hurmatli bankimiz mijozlari va omonatchilari!
Bankimiz tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlar turlarini optimallashtirish maqsadida, 2026-yil 5-oktabrdan boshlab quyidagi omonat turlari bo‘yicha yangi shartnomalarni rasmiylashtirish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Milliy valyutadagi omonatlar:
- “12 OY” — muddatli omonat;
- “SOF FOYDA” — muddatli omonat;
- “AVANS” — muddatli omonat;
- “TEZ JAMG‘ARMA” — jamg‘arma omonati;
- “KIDS BIZNES” — jamg‘arma omonati.
Xorijiy valyutadagi (AQSh dollari) omonat:
- “OPTIMAL” — muddatli omonat.
Amaldagi omonatchilar uchun muhim eslatma
2026-yil 5-oktabrgacha rasmiylashtirilgan va amalda bo‘lgan barcha omonat shartnomalari ularda belgilangan muddat va shartlar asosida to‘liq amal qiladi.
Mazkur o‘zgarish amaldagi shartnomalar bo‘yicha foiz stavkalarini, omonat muddatini, mablag‘larni qaytarib olish huquqini hamda shartnomada nazarda tutilgan hollarda qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyatlarini bir tomonlama o‘zgartirish yoki cheklash uchun asos bo‘lmaydi.
“Poytaxt bank” AJ amaldagi omonat shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qonunchilik va tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq to‘liq bajaradi.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 214 20 00