Malika, Mirobod, Qushbegi va Uchtepa savdo ofislarida xizmat ko‘rsatilayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga

 

Bankning 2026-yil 20-iyulda tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Toshkent bank xizmatlari markaziga qarashli Malika, Mirobod, Qushbegi va Uchtepa savdo ofislari chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda jismoniy shaxslarga bank mahsulotlarini sotishga ixtisoslashtirilgan.

Shu munosabat bilan, mazkur savdo ofislarida xizmat ko‘rsatilayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga 2026-yil 20-avgustdan boshlab Toshkent bank xizmatlari markazi tomonidan xizmat ko‘rsatilishini ma’lum qilamiz.

Toshkent bank xizmatlari markazi manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, I. Karimov ko‘chasi, 55-uy.

Murojaat uchun: (71) 214-20-00