TANLOV E’LONI

“POYTAXT BANK” AJ bank ehtiyojlari uchun “Bir yillik Check Point Firewall dasturiy ta’minoti litsenziyasini xarid qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati” bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Buyurtmachi: “POYTAXT BANK” AJ.

Xarid usuli: tanlov.

Xarid predmeti: mavjud Check Point Firewall uskunalari va dasturiy komponentlari uchun bir yillik dasturiy ta’minot litsenziyalari (servis va dasturiy obunalar)ni taqdim etish va faollashtirish, shuningdek 12 oy davomida texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish.

Xarid hajmi: 1 (bir) to‘plam.

Xaridning boshlang‘ich (maksimal) qiymati:

QQS va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda — 828 000 000,00 so‘m;

QQSsiz — 739 285 714,29 so‘m.

Moliyalashtirish manbai: “POYTAXT BANK” AJning o‘z mablag‘lari.

Yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish shartlari: dasturiy ta’minot litsenziyalari elektron shaklda taqdim etiladi va faollashtiriladi. Litsenziyalarni taqdim etish va faollashtirish oldindan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kun ichida amalga oshiriladi. Texnik qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchining servis qamrovi va tegishli dasturiy obunalar faollashtirilgan kundan boshlab 12 (o‘n ikki) oy davomida amal qilishi lozim.

Tanlov ishtirokchilari xarid hujjatlarida belgilangan malakaviy, texnik va boshqa talablarga javob berishi hamda talab etilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etishi lozim.

Tanlov takliflarini taqdim etish usuli: takliflar yopiq va muhrlangan konvertda “POYTAXT BANK” AJ manziliga taqdim etiladi.

Takliflarni taqdim etish manzili:
100063, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy, “POYTAXT BANK” AJ Bosh ofisi.

Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 2-oktabr, soat 17:00 gacha.

Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan tanlov takliflari ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlov takliflarini ochish sanasi va vaqti:
2026-yil 5-oktabr, soat 11:00.

Takliflarni ochish joyi:
“POYTAXT BANK” AJ Bosh ofisi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy.

Xarid hujjatlarini olish tartibi: xarid hujjatlari “POYTAXT BANK” AJning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda manfaatdor potensial ishtirokchilarga so‘rov asosida elektron shaklda taqdim etiladi.

Mas’ul shaxs: Ulug‘bek Davlatxanov

Telefon:
(+998 71) 214-20-03
(+998 71) 214-20-00
(+998 93) 588-85-51

Elektron pochta: info@poytaxtbank.uz

Tanlov bo‘yicha batafsil talablar, takliflarni tayyorlash va taqdim etish tartibi, malakaviy va texnik talablar, baholash mezonlari, texnik topshiriq hamda shartnoma loyihasi xarid hujjatlarida belgilangan.

“POYTAXT BANK” AJ

Hajmi: 360.01 КБ
Format: pdf
Hajmi: 608.80 КБ
Format: pdf