Poytaxt Bank” AJ xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda!

2026-yil 28–30-sentyabr kunlari AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan Sibos 2026 xalqaro moliya forumida “Poytaxt Bank” AJ delegatsiyasi yetakchi xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Forum doirasida Xitoy, AQSh, BAA, Germaniya, Turkiya, Armaniston va Qozog‘iston banklari, jumladan, Bank of China, Deutsche Bank, DZ BANK, ADCB, Aktifbank va boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, 1–2-oktyabr kunlari Londonga amalga oshirilgan tashrif davomida BNY vakillari bilan uchrashuv, Crown Agents Bank bilan esa vakillik hisobvaraqlari va g‘aznachilik operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlar “Poytaxt Bank”ning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish va global moliya tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirishga xizmat qiladi.