8 Okt 2026
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “POYTAXT BANK” AJdagi mehnat munosabatlariga oid tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Bankda xodimlar bilan mehnat munosabatlari amaldagi qonunchilik va Bankning ichki qoidalari asosida tartibga solinadi. Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish jarayonlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Mazkur holat yuzasidan xodimga nisbatan bosim o‘tkazish, uni majburan ariza yozishga undash yoki uning mehnat huquqlarini buzish holatlari tasdiqlanmagan.
Bank mehnat munosabatlariga oid shaxsiy ma’lumotlar va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa ma’lumotlarni ommaviy ravishda oshkor qilishga haqli emas. Shu sababli alohida xodimga oid hujjatlar va mehnat munosabatlarining tafsilotlari ochiq manbalarda e’lon qilinmaydi.
“POYTAXT BANK” AJ o‘z faoliyatida qonun ustuvorligi, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va sog‘lom ish muhitini saqlash tamoyillariga amal qiladi.