Hurmatli mijozlar!

Sizga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish maqsadida chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha sug‘urta shartlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

“Poytaxt Bank” AJda sug‘urta mukofoti mijozning hisobvarag‘idan yoki unga ajratilayotgan kredit summasidan ushlab qolinmaydi.

Kreditning qaytmaslik xavfini sug‘urtalash zarur deb topilgan hollarda sug‘urta shartnomasi bank va sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuziladi hamda sug‘urta mukofoti bankning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Bunda mijozdan sug‘urta bilan bog‘liq alohida to‘lov undirilmaydi.

Shu sababli kredit muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta mukofotini qaytarish yuzasidan mijozning alohida murojaat qilishi talab etilmaydi.