
30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Poytaxt bank” o‘rtasida muhim hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, “Poytaxt bank” tomonidan mamlakat fuqarolariga ipoteka kreditlari ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Tomonlar, aholining turmush darajasini yaxshilash, ipoteka kreditlari orqali uy-joy olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bozorni moliyaviy resurslar bilan ta'minlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Mazkur hamkorlik, ipoteka bozorini rivojlantirish va aholiga uy-joy sotib olishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam.










