Joriy yilning 5-mart kuni “Poytaxt Bank” hamda “Tashkent International university” o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandum ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish va moliya sohasidagi yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qiladi.

Memorandum asosida yangi innovatsion loyihalarni ilgari surish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularga  “Poytaxt Bank”da amaliyot o‘tashlari uchun sharoit yaratish, shuningdek bank ishi va moliya yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun malaka talablari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Mazkur Memorandum xar ikkala tarafning iqtisodiy, moliyaviy va ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga, yosh kadrlarni tayyorlash va moliyaviy ekotizimni rivojlantirishga xizmat qiladi.