Aziz yoshlarimiz barchangizni "Yoshlar kuni" bilan chin dildan tabriklaymiz! Ushbu bayram yoshlarimizning g‘ayrati va salohiyati hamda ularning mamlakatimiz kelajagida muhim o‘rni timsoli bo‘lib xizmat qiladi.
Sana munosabati bilan bank rahbariyati yosh mutaxassislar bilan o‘ziga xos uchrashuvni tashkil etdi. Uchrashuv doirasida barcha tashabbuskor va yil davomida ish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan yosh mutaxassislar eʼtirof etildi.
"Poytaxt bank" tizimida shunday iqtidorli va yuksak marralarni ko‘zlovchi yoshlarimiz faoliyat yuritayotganida faxrlanamiz. Har biringiz jamiyatimiz kelajagiga muhim hissa qo‘shishingizga ishonamiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli yoshlar!
Hurmat bilan,
"Poytaxt bank" boshqaruvi.